Опубликовано Ilhomjon Teshaboyev 15.08.2011

Tarmoqda c++ bo’yicha ajoyib video darslar paydo bo’libdi (muallif Teantong). Dasturlashga qiziqqanlarga tavsiya etish mumkin. Videoda ajoyib tahrirlovchi emacs bilan foydalaniladi. Tahrirlovchida kod teriladi, kompilyatsiya qilinadi, tayyor dastur ishga tushiriladi. Hammasi matn holatida, konsolda bo’lyapti. Bu tahrirlovchi haqida amerikalik yozuvchi Nil Stivenson aytgan ekan:

“..emacs outshines all other editing software in approximately the same way that the noonday sun does the stars. It is not just bigger and brighter; it simply makes everything else vanish.” – EMACS BOSHQA TAHRIRLOVCHILARNI HUDDI TUSHLIKDAGI QUYOSH YULDUZLARNI TO’SGANDAY; U NAFAQAT KATTA YOKI YORIQROQ, BALKI U KOLGANLARNI YO’QQA CHIQARAQOLADI. Emacs – GNU loyihasini birinchi dasturi va uning muallifi ochiq va erkin dasturlashni dohiysi R.Stolman .

Опубликовано Ilhomjon Teshaboyev 13.10.2010

Linux operatsion tizimlarini eng kuchli tarafi – bu buyruqlar satri.
Nautilus yo’l boshlovchi dasturiga buyruqlar satrini o’rnatish mumkin. Bu qulaylikga erishish uchun Ubuntu konsol satrida quyidagi buyruqlarni kiritish kerak:
sudo add-apt-repository ppa:flozz/flozz & sudo apt-get update
sudo apt-get install nautilus-terminal
nautilus -q && nautilus & exit
p.s. o’rnatish, albatta, internetga ulangan holda
Manba: http://unixhome.org.ua/blog/console/229.html
Опубликовано Ilhomjon Teshaboyev 10.10.2010
Konsoldan bosmaga chiqarish uchun maxsus deb paket cupsys-bsd kerak ekan
O’rnatish uchun sudo apt-get install cupsys-bsd
Agar tizimingizda printer to’g'ri o’rnatilgan bo’lsa matn faylini printerga jo’natish
lpr -P <printer nomi> <fayl nomi>
Читать полностью »
Опубликовано Ilhomjon Teshaboyev 08.10.2010
Demak, ertalab saytdan bitta fayl saqlayatganimda zudlik bilan ketish vaqti bo’lib, kompyuterni o’chirishga to’g'ri keldi. Faylni Firefox yordamida saqlayatodim, anchaginasi tushgan edi, nima qilishni bilmasdan pauza -ga bosib komputerni o’chirdim.

Читать полностью »
Опубликовано Ilhomjon Teshaboyev 07.10.2010
Linux.zn.uz -da yangi muallif!

Teshaboyev Ilhomjon!
Опубликовано Шухрат Дехканов 10.08.2009
Canonical 20 Aprelda Ubuntu 9.04 ni e’lon qildi.
Har safargidek ish stoli hamda server komputerlariga moslangan turlari mavjud. Bundan tashqari, bu safar yana bir yangi tur Ubuntu – Netbook Remix – netbooklarga moslangan versiyasini ham taklif qilingan.
Ubuntu 9.04 ni www.ubuntu.com saytidan saqlab olishingiz yoki CD shaklida yuborishlari uchun buyurtma berishingiz mumkin.
Опубликовано Behzod Saidov 20.06.2009
Blog o’quvchilarining xabarlari bo’lishi kerak, u yarim yildan beri yangilanayotgani yo’q… Afsuski, oxirigi oylarda mening bo’sh vaqtim juda chegaralanganligi, ish va o’qishdagi ko’plab o’zgarishlar tufayli yozishga hech fursat topa olmayapman.
Shunday bo’lsada, blogga siz yordam berishingiz, hissa qo‘shishingiz mumkin. Agar sizda Linux operatsion tizmi bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar, maqolalar, yangliklar bo‘lsa ularni ushbu blogda yozishingiz mumkin. Buning uchun id.uz serverida ro‘yxatdan o‘ting va men bilan bog‘laning.
Опубликовано Behzod Saidov 03.12.2008
EduMandriva loyihasi “za1Raz” nomli paketlarni onlayn o’rnatish tizimini taqdim qildi. Tizim PHP da yozilgan dastur va MediaWiki tizimining o’zaro integratsiyasi yordamida ishlaydi. Uning yordamida foydalanuvchilar o’zlari xoxlagan dasturni katalogga qo’shishlari mumkin. Hozircha tizim sinov jarayonida bo’lsada, allaqachon bir qancha dasturlarni o’rnatsa bo’ladi. Masalan, bu dasturlar qatoriga Novell taqdim qiladigan OpenOffice.org paketi (Go-OOo), Opera, Flash 10 kabi dasturlarni ko’rsatish mumkin. Dasturlar bazasi har kuni to’ldirib borilmoqda.
Опубликовано Behzod Saidov 27.11.2008
Fedora distributivining 10-versiyasini taqdim qilindi. Distributivga qo’shilgan yangiliklar juda ham ko’p bo’lib, ular haqida quyidagi sahifada o’qishingiz mumkin:
http://docs.fedoraproject.org/release-notes/f10/en_US/
Опубликовано Behzod Saidov 22.11.2008
Debian GNU/Linux loyihasi distributiv repozitoriysidan o’rnatish mumkin bo’lgan dasturlarning foydalanuvchi interfeysini o’zida ifodalovchi ekran tasvirlari(screenshots) katalogini taqdim qilish bo’yicha screenshots.debian.net manzilida yangi resursni taqdim qildi. Loyihaning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga dastur ishlaganda uning ekranda qanday ko’rinishi haqida ma’lumot berish hisoblanadi. “Ming bora eshitgandan ko’ra, bir bora ko’rgan afzal” qabilidagi g’oya asosida taqdim qilinayotgan bu resurs hozirda o’zida Debiandagi 740 ta paketning ekrandagi tasvirini o’zida jamlagan, yana 23480 ta dasturning ekran tasviri qo’shilishi kutilmoqda. Ekran tasvirlarini barcha taqdim qilishi mumkin. Sayt administratorlari uni ko’rib chiqib, so’ng ommalashtirishadi.
Biror bir dasturning ekrandagi tasvirini http://screenshots.debian.net/package/<paket_nomi> manzili orqali ko’rish mumkin. Masalan, http://screenshots.debian.net/package/dreamchess
Свежие комментарии