Buyruqlar satrida bitta oldingi direktoriyaga qaytish
Kichik maslahatlar 12.10.2008
Linux buyruqlar satrida ishlaganda bitta direktoriya(jild)dan boshqasiga o‘tish uchun cd (change directory) buyrug‘i ishlatiladi. Bu buyruq boshlovchi foydalanuvchilar fayl tizimida harakatlanish uchun dastlab o‘rganishi kerak bo‘lgan buyruqlardan biridir. Uni ishlatish juda oson. Masalan, /var/www/html/ direktoriyasiga o‘tish uchun
cd /var/www/html/
buyrug‘ini berasiz. Ya’ni cd buyrug‘idan so‘ng qaysi direktoriyaga o‘tish kerak bo‘lsa o‘sha direktoriyagacha bo‘lgan yo‘lni yozish kerak. Agar u joriy jildda bo‘lsa shunchaki nomini yozish ham kifoya. Bitta yuqoridagi direktoriyaga o‘tish uchun esa
cd ..
buyrug‘i ishlatiladi.
Lekin bitta oldingi direktoriyagachi? Unga qanday o‘tamiz? Ko‘pgina tajribali Linux foydalanuvchilari ham bu savolga darrov javob bera olishmaydi.
Xullas, bundan oldin ishlagan direktoriyangizga
cd -
buyrugi yordamida o‘tishingiz mumkin.Quyidagi buyruqlar ketma ketligiga e’tibor bering:
[behzod@localhost etc]$ pwd
/etc
[behzod@localhost etc]$ cd /var/www/html/
[behzod@localhost html]$ pwd
/var/www/html
[behzod@localhost html]$ cd -
/etc
[behzod@localhost etc]$
Yuqorida dastlab foydalanuvchi /etc direktoriyasida turgan edi. (pwd buyurug‘i joriy direktoriyani ko‘rsatadi). Keyin u /var/www/html direktoriyasiga o‘tdi. cd - buyrug‘i bilan yana bundan oldingi direktoriyaga ya’ni /etc ga qaytdi.
Agar cd.. buyrug‘i ishlatilganida u /var/www/ direktoriyasiga o‘tgan bo‘lardi.
Eslatma: cd - buyrugini cd ~ bilan adashtirmang. cd ~ foydalanuvchining uy direktoriyasiga o‘tish uchun ishlatiladi.


Свежие комментарии