Ubuntu logoUbuntu distributivining rasmiy 8.10-versiyasi - Ubuntu 8.10 (Intrepid Ibex) taqdim qilindi. Distributivning serverlar uchun mo‘ljallangan Ubuntu Server, KDE ish stoli bilan taqdim qilinadigan Kubuntu, XFCE ish stoli bilan ishlaydigan Xubuntu va multimediya ma’lumotlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan Ubuntu Studio tahrirlarini ham yozib olish mumkin.

Distributivga juda ham ko‘p yangi imkoniyatlar, yangilanishlar va tuzatishlar kiritilgan bo‘lib, ularning hammasi haqida ushbu sahifada o‘qishingiz mumkin.

Asosiy yangiliklar esa quyidagilar:

  • Linux 2.6.27, X.Org 7.4;
  • GNOME 2.24, KDE 4.1.2, XFCE 4.4.2;
  • Tizimga maxsus guest (”mehmon”) foydalanuvchi qo‘shilgan bo‘lib, u tizimga “mehmon” bo‘lib kirish imkonini beradi. Bu foydalanuvchi uchun maxfiy so‘z kerak emas, uning huquqlari juda kam bo‘lib, u tomonidan yaratilgan fayllar tizimdan chiqishi bilan avtomat ravishda o‘chiriladi;
  • Endi tizimdagi barcha foydalanuvchilarning uy katalogiga yangi “Private” deb nomlangan katalog qo‘shilgan bo‘lib unga 0700 huquqi qo‘yilgan, ya’ni unga shu foydalanuvchidan boshqa foydalanuvchi murojaat qila olmaydi. Bundan tashqari uning ichidagi barcha fayllar shifrlangan holda saqlanadi;
  • Tizimning yuklanish vaqti qisqartirilgan.
  • Tizimni o‘rnatish dasturi dizayni yangilangan;
(2 votes, average: 5 out of 5)
Loading ... Loading ...