Ubuntu ochiq eshiklar haftaligi - UbuntuOpenWeek
Yangiliklar 01.11.2008Ubuntu distributivining yaratuvchilari 3-noyabrdan 7-noyabrgacha Freenode tarmog‘idagi #ubuntu-classroom IRC kanalida foydalanuvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazishadi. Unda foydalanuvchilar o‘z savollariga javob olishlari, o‘z fikrlarini bildirishlari va takliflar kiritishlari mumkin.
Ochiq muloqotning o‘tkazilish jadvali bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin. Jadvaldagi vaqtlar UTC bo‘yicha qo‘yilgan bo‘lib, ularga 5 soat qo‘shsangiz Toshkent vaqtini olasiz.
Masalan, Ubuntu loyihasining asoschisi Mark Shuttleworth bilan muloqot 6-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
https://wiki.ubuntu.com/UbuntuOpenWeek
https://wiki.ubuntu.com/UbuntuOpenWeek/JoiningIn
https://lists.ubuntu.com/archives/ubuntu-devel-announce/2008-October/000509.html


12.06.2010 в 21:44
How do you do! Please e-mail me your contacts. I have a question < a href=”http://trensavto.ru/mail/ gavin@trensavto.ru” >…< /a >…
Thank you!…