EduMandriva loyihasi “za1Raz” nomli paketlarni onlayn o‘rnatish tizimini taqdim qildi. Tizim PHP da yozilgan dastur va MediaWiki tizimining o‘zaro integratsiyasi yordamida ishlaydi. Uning yordamida foydalanuvchilar o‘zlari xoxlagan dasturni katalogga qo‘shishlari mumkin. Hozircha tizim sinov jarayonida bo‘lsada, allaqachon bir qancha dasturlarni o‘rnatsa bo‘ladi. Masalan, bu dasturlar qatoriga Novell taqdim qiladigan OpenOffice.org paketi (Go-OOo), Opera, Flash 10 kabi dasturlarni ko‘rsatish mumkin. Dasturlar bazasi har kuni to‘ldirib borilmoqda.

(2 votes, average: 3.5 out of 5)
Loading ... Loading ...