StarOffice jamoasi bilan tanishamiz :)

Опубликовано Behzod Saidov 10.07.2008

Ma’lumki, OpenOffice.org dasturi Linux operatsion tizimida asosiy idora paketi bo‘lib hisoblanadi. OpenOffice.org Writer hujjatlar bilan ishlashga yordamchi bo‘lsa, OpenOffice.org Calc elektron jadvallar bilan ishlashda juda qulay dastur. Lekin ularni oldin StarOffice deb atalganidan xabaringiz bormi? Sun Microsystems kompaniyasida yozilgan bu dastur 2000-yilda kodlari ochiq taqdim qilinib OpenOffice.org loyihasini boshlab bergan. Sun hozirda ham StarOffice dasturini pulli qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni tugatgani yo‘q. Bu ma’lumotlarni hammasi nima uchun? Gap shundaki OpenOffice.org dasturlari kodlarida StarOffice dasturchilari yozgan kod hali ham katta qismni tashkil qiladi. Bu kodlar ichida “pasxa tuxum”larini ham topish mumkin.

Xo‘sh, StarOffice jamoasi bilan tanishishga tayyormisiz? Unda birinchi OpenOffice.org Writer dasturini oching. Taqdim qilingan bo‘sh sahifaga StarWriterTeam deb yozing va F3 tugmasini bosing. Ana sizga StarWriter guruhi: :)

StarWriterTeam

Endi OpenOffice.org Calc dasturini ochamiz. Bo‘sh elektron jadvalning xoxlagan bir katakchasiga =starcalcteam() deb yozing va enter tugmasini bosing. StarCalc guruhi bayram qilmoqda: :)

StarCalcTeam

GNOME, baliqni qo‘yib yubor! :)

Опубликовано Behzod Saidov 06.07.2008

Gnome ish stolini ishlatasizmi? Unda qiziq bir yashirin imkoniyat bor. Tekshirib ko‘rishingiz mumkin:

Alt + F2 tugmalar birikmasini bosing va  taqdim qilingan dasturni ishga tushirish oynasida “free the fish” (O‘zbekchada: “baliqni qo‘yib yubor”) deb yozing:

Free the fish

So‘ng klaviaturadan “Enter” tugmasini yoki oynadagi “Run” tugmasini bosing. Natijada ish  stolingizda kichkina bir baliqcha suzib yuradi… Uning qanday ko‘rinishini  bu yerda ko‘rsatmayman. Sinab ko‘rsangiz o‘zingiz ko‘rasiz. :)

PS. Umuman bunday narsalar dasturlash olamida “Pasxa tuxumi” (”Easter egg”) deb nomlanadi. Bunaqa qiziqarli “ficha”larni blogda yozib borishga harakat qilman. :)

Firefox 3 da about:robots

Опубликовано Behzod Saidov 23.06.2008

Siz Firefox 3 brauzerini ishlatisni boshladingizmi? Unda manzillar satrida about:robots deb yozing va taqdim qilinadigan sahifani o‘qing. Robotlar insonlarga murojaat qilishmoqda! :) Qoyil, nimalarni o‘ylab tomishmaydi bu dasturchilar…

Firefox 3.0

Опубликовано Behzod Saidov 17.06.2008

Ajoyib! Mana nihoyat Firefox 3.0 veb brauzeri ham taqdim qilindi. Firefox 3.0 o‘zida ko‘pdan ko‘p yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • Operatsion tizim bilan integratsiya yanada yaxshilangan;
  • Xavfsizlik bo‘yicha yangi imkoniyatlar;
  • Veb brauzerning o‘zi bilan ishlashda, foydalanuvchi interfeysida yangi qulayliklar;
  • Xatcho‘plar tizimidagi takomillashuv;
  • Rendering va JavaScript kodlarni ishga tushirish tezligi oshgan;
  • Operativ xotiradan foydalnish takomillashtirilib 400 dan ortiq bu boradagi xatolar tuzatilgan;
  • Endi Ctrl va + tugmalari yordamida butun sahifani birdaniga, rasmlar bilan birgalikda kattalashtirish mumkin;
  • Yozib olinayotgan faylni vaqtincha to‘xtatib turish va keyin davom ettirish imkoniyati;

va boshqa ko‘pdan ko‘p yangi imkoniyatlar…

Yana shuni eslatib o‘tish lozimki, Mozilla bir sutkada eng ko‘p yozib olingan dastur bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatish maqsadida maxsus aksiya o‘tkazmoqda. Siz ham 18-iyun kuni soat 22:00 gacha Firefox 3.0 dasturini yozib oling va rekord o‘rnatishga yordamchi bo‘ling.

Eslatma:
Bugungi kunda turli mabalarda Firefox foydalanuvchilari 150 dan 250 million kishigacha deb baholanadi. Butun dunyoda ishlatiladigan brauzerlar ichida Firefoxning hissasi 18.41% yoki bashqa bir ma’lumotlarga ko‘ra esa 21% dir. Yevropada esa bu ko‘rsatkich 29% ni tashkil qiladi.

MonoDevelop IDE bilan tanishamiz

Опубликовано Behzod Saidov 12.06.2008

MonoDevelop dasturi C# va boshqa .NET platformadagi tillarda dastur tuzish uchun erkin IDE hisoblanadi.

Ushbu maqolada qanday qilib uni o‘rnatish va C# dasturlash tilida oddiy «Hello World» tipidagi dasturni yaratish ko‘rsatiladi. O‘rnatish Ubuntu 8.04 LTS distributivida amalga oshiriladi.

Dasturni o‘rnatish uchun repozitoriylarni moslagandan so‘ng konsolni ochamiz va

$sudo apt-get install monodevelop

buyrug‘ini beramiz. Apt paket poshqaruvchisi Internetdan kerakli paketlarni olib o‘rnatadi. Menda u 28MB hajmda paketlarni olishinishi kerakligini ko‘rsatdi. Paketlar muvaffaqiyatli olinib o‘rnatilgandan so‘ng. Tizim asosiy menyusidagi «Dasturlash» bo‘limida «MonoDevelop» bandi paydo bo‘ladi. Uni bosib dasturni ishga tushiramiz:

MonoDevelop Wellcome

Yangi dastur tuzish uchun asosiy oynadagi «Start a New Solution» yozuvini bosishingiz mumkin. Bunda sizga quyidagi oyna taqdim qilinadi:

Create Solution

Chap tarafdagi panelda C# tilini, o‘ng tarafadagi paneldan esa «Консольный проект» shablonini tanlaymiz. So‘ng loyihaga nom berish kerak bo‘ladi. Yuqoridagi rasmdagi kabi unga «sinovdastur» deb nom berishingiz mumkin. Shu nom bilan uy jildingizda yangi jild ochiladi. Agar sizga bu ma’qul bo‘lmasa boshqa jildni tanlashingiz mumkin. «Forward» tugmasini bosishingiz bilan yana bir qancha parametrlar qo‘shish imkonini beradigan oyna taqdim qilinadi. Biz u yerda hozircha hech narsani tanlamasdan OK tugmasini bosamiz. Natijada yangi loyiha yaratiladi va undagi Main.cs faylida «Hello World» yozuvini chiqaruvchi dasturni ko‘rish mumkin.

Hello World

Dasturga hech qanday o‘zgartirish kiritmasadan F5 tugmasini bosish bilan uni ishga tushirishimiz mumkin.Ammo menda dastur ishga tushishni o‘rniga quyidagicha xato chiqdi:

Идёт построение решения sinovdastur
Идёт построение проекта: sinovdastur (Debug)
Выполняется основная компиляция…
Не удалось завершить построение. Executable not found: /usr/bin/gmcs

Google yordamiga murojjar qilib 5 daqiqada muammoni aniqladim. mono-gmcs paketi kerak ekan. Uni ham o‘rnatgandan so‘ng:

$sudo apt-get install mono-gmcs

Dastur ishga tushdi:

Hello World Working

Lekin natija alohida terminalda emas, baki MonoDevelop dasturining ichidagi bir panelda ko‘rinadi. Agar uni alohida teminalda ochlishini xoxlasangiz unda chap tarafdagi paneldan loyiha nomining ustiga sichqoncha o‘ng tugmasini bosing va u yerdan loyihaning xususiyatlarini (Свойства проекта) tanlang. Natijada yangi oyna taqdim qilinadi. U yerdagi chap tarafdagi panelning «Конфигурация» → «Debug» → «Вывод» qismini oching va quyidagi rasmdagidek «Запустить во внешней консоли» bandini belgilang. So‘ng OK tugmasini bosib, dasturni qayta ishga tushirishingiz mumkin. F5 tugmasini bosamiz va endi dastur quyidagicha ishlaydi:

MonoDevelop After Config

Endi dasturga o‘zgartirish kiritishingiz va yana ishga tushirishingiz mumkin. Yana bir kerakli narsani aytib otish mumkin. Bu MonoDevelop dasturining yordam tizimi. Dastur yozayotganda istalgan kalit so‘zni tanlab F1 tugmasini bossangiz unda o‘sha kalit so‘z bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni topilib taqdim qilinadi. Bu uchun monodoc paketini o‘rnatib:

$ sudo apt-get install monodoc

So‘ng, MonoDevelop dasturini yopib qayta ishga tushirish kerak. Endi biror bir kalit so‘zni masalan Console so‘zini tanlab, F1 tugmasini bosing. Natijada Console sinfi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin:

MonoDevelop Library

Linuxda musiqa tinglaymiz: Amarok haqida

Опубликовано Behzod Saidov 08.03.2008

AmarokKoʻpchilik kompyuterda qoʻshiq tinglab ishlashni yoqtiradi. Linux operatsion tizmida musiqiy fayllarni eshitsish uchun koʻpgina dasturlar bor. Ushbu dasturlardan biri - Amarok. Amarok yordamida nafaqat qoʻshiqlarni eshitish, balki ularni tartiblash, qidirish, baholash, musiqiy kutubxona yaratish ham mumin. Bundan tashqari u turli tashqi uskunalar, xususan iPod kabi uskunalardagi qoʻshiqlarni ham oson ocha oladi. Amarok dasturini tizim asosiy menyusidagi Multimedia boʻlimidan topishingiz mumkin. Dasturning ekran tasvirini kattaroq hajmda ushbu maqoladagi rasmni bosib yoki, ushbu manzilga murojaat qilib koʻrishingiz mumkin.


Copyright © 2007 Linux.zn.uz. All rights reserved.