apt-get install wife

Опубликовано Behzod Saidov 10.09.2008

linux-and-marriage1.png

 linux-and-marriage2.png

OpenOffice.org Calc dasturida “StarWars” o‘yini

Опубликовано Behzod Saidov 12.08.2008

Linux tizimida elektron jadvallar bilan ishlashda asosan OpenOffice.org Calc dasturi ishlatiladi. Bundan oldingi bir maqolada uning mualliflari bilan tanishish haqida yozgandim. Unda yana bir qiziq yashirin imkoniyat bor. Agar jadvallar, formulalar bilan ishlab charchagan bo‘lsangiz xoxlagan katakchaga =Game(”StarWars”) deb yozing va enter tugmasini bosing… :) OpenOffice.org Calc dasturchilari uning ichiga siz uchun “StarWars” o‘yinini joylab qo‘yishgan.:)

calc-star-wars.png

StarOffice jamoasi bilan tanishamiz :)

Опубликовано Behzod Saidov 10.07.2008

Ma’lumki, OpenOffice.org dasturi Linux operatsion tizimida asosiy idora paketi bo‘lib hisoblanadi. OpenOffice.org Writer hujjatlar bilan ishlashga yordamchi bo‘lsa, OpenOffice.org Calc elektron jadvallar bilan ishlashda juda qulay dastur. Lekin ularni oldin StarOffice deb atalganidan xabaringiz bormi? Sun Microsystems kompaniyasida yozilgan bu dastur 2000-yilda kodlari ochiq taqdim qilinib OpenOffice.org loyihasini boshlab bergan. Sun hozirda ham StarOffice dasturini pulli qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni tugatgani yo‘q. Bu ma’lumotlarni hammasi nima uchun? Gap shundaki OpenOffice.org dasturlari kodlarida StarOffice dasturchilari yozgan kod hali ham katta qismni tashkil qiladi. Bu kodlar ichida “pasxa tuxum”larini ham topish mumkin.

Xo‘sh, StarOffice jamoasi bilan tanishishga tayyormisiz? Unda birinchi OpenOffice.org Writer dasturini oching. Taqdim qilingan bo‘sh sahifaga StarWriterTeam deb yozing va F3 tugmasini bosing. Ana sizga StarWriter guruhi: :)

StarWriterTeam

Endi OpenOffice.org Calc dasturini ochamiz. Bo‘sh elektron jadvalning xoxlagan bir katakchasiga =starcalcteam() deb yozing va enter tugmasini bosing. StarCalc guruhi bayram qilmoqda: :)

StarCalcTeam

GNOME, baliqni qo‘yib yubor! :)

Опубликовано Behzod Saidov 06.07.2008

Gnome ish stolini ishlatasizmi? Unda qiziq bir yashirin imkoniyat bor. Tekshirib ko‘rishingiz mumkin:

Alt + F2 tugmalar birikmasini bosing va  taqdim qilingan dasturni ishga tushirish oynasida “free the fish” (O‘zbekchada: “baliqni qo‘yib yubor”) deb yozing:

Free the fish

So‘ng klaviaturadan “Enter” tugmasini yoki oynadagi “Run” tugmasini bosing. Natijada ish  stolingizda kichkina bir baliqcha suzib yuradi… Uning qanday ko‘rinishini  bu yerda ko‘rsatmayman. Sinab ko‘rsangiz o‘zingiz ko‘rasiz. :)

PS. Umuman bunday narsalar dasturlash olamida “Pasxa tuxumi” (”Easter egg”) deb nomlanadi. Bunaqa qiziqarli “ficha”larni blogda yozib borishga harakat qilman. :)

sudo make me sandwich :)

Опубликовано Behzod Saidov 03.07.2008

Linux buyruqlari bilan tanishmisiz? Unda sudo buyrug‘ini bilsangiz kerak. Quyidagi rasmdagi hazilni tushunish uchun ingliz tilini va Linux tizimidagi sudo buyrug‘nini bilishingiz kerak bo‘ladi:

Sudo make me sandwich

PS.: Tushunmagan bo‘lsangiz tezda ingliz tilini va Linux operatsion tizimini o‘rganishni boshlang! ;)


Copyright © 2007 Linux.zn.uz. All rights reserved.