Опубликовано Behzod Saidov 13.12.2007
Mandriva 2008 distributivi foydalanuvchilari asosiy menyuning ikki xil turidan foydalanishlari mumkin. Birinchi turi bu tizimni o‘rnatgandan so‘ng ishlatish mumkin bo‘lgan andoza menyu bo‘lib u quyidagicha ko‘rinishga ega:

Uni osongina yangicha ko‘rinishga o‘tkazish mumkin.
Читать полностью »
Опубликовано Behzod Saidov 18.10.2007
Howtoforge.com saytida Mandriva 2008 Free distributivini oʻrnatish va uni turli moslamalarini moslash boʻyicha qoʻllanma taqdim qilindi. Qoʻllanmada koʻp skrinshotlar (ekran tasvirlari) boʻlib bu yangi foydalanuvchilar uchun ham tizimni oʻrnatish va moslash oson kechishiga yordam beradi. Qoʻllanmada litsenziya masalasi tufayli distributivga qoʻshilmagan bir qator propriyetar dasturiy ta’minotlarni va VMWare virtual mashinasini oʻrnatish va moslashga e’tibor qaratilgan. Qoʻllanma ingliz tilida yozilgan. Uni ushbu manzilda oʻqishingiz mumkin.
Опубликовано Behzod Saidov 01.10.2007
floss-uz-l10n loyihasida Firefox veb brauzerini mahalliylashtirishning dastlabki natijalari e’lon qilindi. Endi Firefox’ni oʻzbek tilida ham Linux, ham Windows operatsion tizimlarida ishlatishingiz mumkin.
Oʻzbekcha interfeysni oʻrnatish uchun avvalo, kompyuterda allaqachon Firefox dasturi oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Unga oʻzbek tili tarjimalarini qoʻshish uchun quyidagi bogʻni Firefox dasturida oching:
Firefox-Languagepack-2.0.0.uz.xpi
Читать полностью »
Опубликовано Behzod Saidov 20.09.2007
floss-uz-l10 loyihasida Mandriva 2007.1 Spring OTini oʻrnatishi boʻyicha qoʻllanma tayyor boʻldi.
Qoʻllanma Linux operatsion tizimi bilan tanish boʻlmagan, boshlovchi foydalanuvchilarga ham tushunarli boʻlgan, sodda tilda yozilgan. Operatsion tizimni oʻrnatish bosqichlari rasmlar bilan batafsil koʻrsatilgan.
Uni PDF fayl koʻrinishida quyidagi manzildan yozib olishingiz mumkin: http://floss-uz-l10n.googlecode.com/files/mandriva-2007.1-install.pdf
Свежие комментарии