“Linux.zn.uz” blogi haqida

Bu blogda Linux operatsion tizimi haqida yangiliklar, maqolalar, qo‘llanmalar va
boshqa foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.Blogdagi ma’lumotlar asosan boshlovchi Linux foydalanuvchilariga mo‘ljallangan. Lekin ancha tajribali Linux foydalanuvchilari ham unda o‘zlari uchun qiziqarli ma’lumotlar topishadi deb umid qilaman.

Muallif haqida

Behzod Saidov Behzod Saidov
Toshkent shahridagi “Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab quvvatlash markazi” instruktori.
Men bilan behzodsaidov(e-mail belgisi)gmail.com mazili orqali bog‘lanishingiz mumkin. Faqat (e-mail belgisi) yozuvini @ belgisi bilan almashtirishni unutmang.:-)
Yana shaxsiy veb sahifam va blogimdan ham qo‘shimcha ma’lumotlar olishingiz mumkin.

Blogga hissa qo‘shishingiz mumkin

Agar sizda Linux operatsion tizmi bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar, maqolalar,yangliklar bo‘lsa ularni ushbu blogda yozishingiz mumkin. Buning uchun id.uz serverida ro‘yxatdan o‘ting va men bilan yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta manzilidan foydalanib bog‘laning.