Опубликовано Behzod Saidov 09.10.2008
Bir necha soat oldin Mandriva kompaniyasi yangi Mandriva 2009 distributivini taqdim qildi. Distributivda ko‘p yangiliklarni uchratish mumkin. Shulardan eng muhimi sifatida KDE 4.1 endilikda asosiy ish stoli sifatida qo‘llanilayotganligini ko‘rsatish mumkin.
Boshqa o‘zgarishlar:
- Linux 2.6.27;
- KDE 4.1.2 (KDE 3.5.10 ham distributivga qo‘shilgan);
- GNOME 2.24;
- Netbook kompyuterlar uchun soddalashtirilgan LXDE ish stoli;
- Mozilla Firefox 3.0.3, OpenOffice.org 3, Compiz Fusion 0.7.8, VirtualBox 2.0.2;
- Distributivning yuklanish vaqti qisqartirilgan;
- Mandriva Installer va Mandriva Control Center uchun yangicha dizayn;
- FBReader va Google Gadgets kabi yangi dasturlar distributivga qo‘shilgan.
Mandriva 2009.0 odatdagidek 3 xil variantda taqdim qilinmoqda: o‘zida faqat erkin va ochiq kodli dasturlarni birlashtirgan Free, CD diskdan yuklanuvchi va o‘rnatish ham mumkin bo‘lgan One va pulli texnik xizmat ko‘rsatiladigan PowerPack.
Reliz haqidaqa yana quyidagi manzillarda o‘qishingiz mumkin:
Опубликовано Behzod Saidov 08.10.2008
Linux operatsion tizimining asoschisi Linus Torvalds blogspot.com tizimida blog ochdi. Bu haqida u yaqinda bergan intervyusida gapirgan. Blog manzili - http://torvalds-family.blogspot.com/. Linus Torvalds va uning oilasi, bolalari, hayoti bilan tanshish istagida bo‘lsangiz blogda uning o‘zi bu haqida yozib borishi kutilmoqda. Hatto oilaviy rasmlarni ham qo‘yishi mumkinligini yozgan. 
Опубликовано Behzod Saidov 27.09.2008

GNU loyihasi boshlanganligi haqida 1983-yil 27-sentabrda Richard Stallman net.unix-wizards va net.usoft yangiliklar guruhlarida e’lon qilgan edi. Bugun GNU loyihasi 25 yoshda! GNU loyihasi erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlarning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shgan bo‘lib, aytish mumkinki, hammasi GNU’dan boshlangan edi…
Опубликовано Behzod Saidov 25.09.2008

GNOME ish stolining 2.24-versiyasi taqdim qilindi. Asosiy yangiliklar quyidagilardan iborat:
- Ilgari GnomeMeeting deb nomlangan Ekiga 3.0 dasturi GNOME tarkibiga qo‘shilgan;
- Empathy qisqa xabarlar uzatish dasturi GNOME bilan integratsiya qilingan. U Jabber/XMPP, Google Talk, MSN Messenger, Apple Bonjour/Rendezvous kabi protokollarni qo‘llab quvvatlaydi;
- GNOME Control Center dasturiga ekran o‘lchamini o‘zgartirish va qo‘shimcha monitor ulashda yordamchi bo‘ladigan vosita qo‘shilgan;
- Nautilus fayl menejeri endi tablarni qo‘llab quvvatlaydi.
O‘zgarishlar va yangiliklar haqida to‘liq ma’lumotlarni loyihaning reliz haqidagi sahifasidan olishingiz mumkin.
Опубликовано Behzod Saidov 24.09.2008
Mandriva kompaniyasi Asus EeePC kabi ultramobil notbuklar uchun yangi distributiv - Mandriva Mini distributivini e’lon qildi.
Distributiv Mandriva 2008 Spring tizimiga asoslangan bo‘lib, undan yuklanishi tezlashtirilganligi, Intel Atom protsessorlariga ko‘proq moslashtirilganligi, hajmining kichkinaligi va Flash xotiralarda ishlashi optimallashtirilganligi bilan farq qiladi.
Mandriva Mini tarkibiga multimedia kodeklar va turli tarmoqlarda (masalan, WiFi va 3G tarmoqlarda) ishlash imkoniyatlari ham qo‘shilgan.
Опубликовано Behzod Saidov 11.09.2008
2008-yilning 8-oktabr kuni Moskva shahridagi “Redisson SAS Slavyanskaya” mehmonxonasida “Russian Open Source Summit” nomli konferensiya bo‘lib o‘tadi. Konferensiya tashkilotchilari: Red Hat, VDEL va АйТи kompaniyalari.
Konferensiyada ishtirok etish bepul, faqat avvaldan ro‘yxatdan o‘tishingiz talab qilinadi.
Qo‘shimcha malumotlar bilan konferensiyaning rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.
Опубликовано Behzod Saidov 04.09.2008
KDE loyihasi KDE ish stolining 4.1.1 versiyasini taqdim qildi. Unga ko‘plab tuzatishlar va yangiliklar kiritilgan bo‘lib, asosiylari quyidagilar:
- Ishlash samaradorligi ancha oshirilgan;
- Konqueror veb brauzeridagi rendering jarayoni yaxshilangan;
- Okular hujjatlarni ko‘rish dasturida PDF formatini qo‘llab quvvatlash borasidagi xatolar tuzatilgan;
- Gwenview dasturida rasmlar eskizini ko‘rsatish jarayoni yaxshilangan va rasmlarni qidirish tizimi kuchaytirilgan;
- KMail e-pochta klientida bir qancha yangilanishlar;
4.1.x ko‘rinishidagi yangilanishlar 2009-yil yanvar oyiga chiqishi rejalashtirilgan KDE 4.2.0 ga qadar har oyda taqdim qilib boriladi.
Опубликовано Behzod Saidov 31.08.2008
Linux.zn.uz blogining qadrli o‘quvchilarilari! Barchangizga milliy bayramimiz - “Mustaqillik bayrami” muborak bo‘lsin! Baxt, omad va mustahkam sog‘lik doimo hamrohingiz bo‘lsin! Eng ezgu tilaklar bilan…
Behzod Saidov.
blog muallifi.
Опубликовано Behzod Saidov 28.08.2008
Debian loyihasi Debian 5.0 Lenny distributivining LiveCD versiyasini tayyorladi. Bu hali beta versiya bo‘lib bir qancha sinovlardan o‘tishi kerak. LiveCD iso tasvirlarining to‘rtta versiyasini hozirda yozib olish mumkin. Bular GNOME(2.22.3), KDE(3.5.9), XFCE(4.4.2) ish stoli bilan ishlaydigan va umuman grafik muhitsiz ishlaydigan LiveCD nashrlaridir.
Debian Live Lenny Beta1 tizimidagi asosiy paketlar quyicha:
- Linux 2.6.25;
- Xorg 1.4.2;
- GCC 4.3.1 va 4.2.4;
- Mozilla Firefox veb brauzeriga asoslangan Iceweasel 3.0.1 brauzeri;
- OpenOffice 2.4.1.
Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ushbu sahifada ingliz tilida tanishishingiz mumkin.
Свежие комментарии