Debian distributividagi dasturlarning ekran tasvirlari katalogi

Опубликовано Behzod Saidov 22.11.2008

DebianDebian GNU/Linux loyihasi distributiv repozitoriysidan o‘rnatish mumkin bo‘lgan dasturlarning foydalanuvchi interfeysini o‘zida ifodalovchi ekran tasvirlari(screenshots) katalogini taqdim qilish bo‘yicha screenshots.debian.net manzilida yangi resursni taqdim qildi. Loyihaning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga dastur ishlaganda uning ekranda qanday ko‘rinishi haqida ma’lumot berish hisoblanadi. “Ming bora eshitgandan ko‘ra, bir bora ko‘rgan afzal” qabilidagi g‘oya asosida taqdim qilinayotgan bu resurs hozirda o‘zida Debiandagi 740 ta paketning ekrandagi tasvirini o‘zida jamlagan, yana 23480 ta dasturning ekran tasviri qo‘shilishi kutilmoqda. Ekran tasvirlarini barcha taqdim qilishi mumkin. Sayt administratorlari uni ko‘rib chiqib, so‘ng ommalashtirishadi.

Biror bir dasturning ekrandagi tasvirini http://screenshots.debian.net/package/<paket_nomi> manzili orqali ko‘rish mumkin. Masalan, http://screenshots.debian.net/package/dreamchess

Debian GNU/Linux 4.0 (r5)

Опубликовано Behzod Saidov 26.10.2008

Debian GNU/Linux 4.0 (etch)  distributivi uchun yangilanishlar e’lon qilindi.
Undagi 54 ta paketda xavfsizlik muammolari bartaraf etilgan bo‘lsa, 12 ta paketda tizimning barqaror ishlashiga ta’sir qiladigan xatolar tuzatilgan.

Reliz haqida Debian loyihasining rasmiy saytidagi ushbu sahifada o‘qishingiz mumkin.

Debian Live Lenny Beta1

Опубликовано Behzod Saidov 28.08.2008

DebianDebian loyihasi Debian 5.0 Lenny distributivining LiveCD versiyasini tayyorladi.  Bu hali beta versiya bo‘lib bir qancha sinovlardan o‘tishi kerak. LiveCD iso tasvirlarining to‘rtta versiyasini hozirda yozib olish mumkin.  Bular GNOME(2.22.3), KDE(3.5.9), XFCE(4.4.2) ish stoli bilan ishlaydigan va umuman grafik muhitsiz ishlaydigan LiveCD nashrlaridir.

Debian Live Lenny Beta1 tizimidagi asosiy paketlar quyicha:

  • Linux 2.6.25;
  • Xorg 1.4.2;
  • GCC 4.3.1 va 4.2.4;
  • Mozilla Firefox veb brauzeriga asoslangan Iceweasel 3.0.1 brauzeri;
  • OpenOffice 2.4.1.

Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ushbu sahifada ingliz tilida tanishishingiz mumkin.


Copyright © 2007 Linux.zn.uz. All rights reserved.