GNOME ish stolining 2.24-versiyasi Ekiga 3.0 dasturi bilan taqdim qilindi
Опубликовано Behzod Saidov 25.09.2008GNOME ish stolining 2.24-versiyasi taqdim qilindi. Asosiy yangiliklar quyidagilardan iborat:
- Ilgari GnomeMeeting deb nomlangan Ekiga 3.0 dasturi GNOME tarkibiga qo‘shilgan;
- Empathy qisqa xabarlar uzatish dasturi GNOME bilan integratsiya qilingan. U Jabber/XMPP, Google Talk, MSN Messenger, Apple Bonjour/Rendezvous kabi protokollarni qo‘llab quvvatlaydi;
- GNOME Control Center dasturiga ekran o‘lchamini o‘zgartirish va qo‘shimcha monitor ulashda yordamchi bo‘ladigan vosita qo‘shilgan;
- Nautilus fayl menejeri endi tablarni qo‘llab quvvatlaydi.
O‘zgarishlar va yangiliklar haqida to‘liq ma’lumotlarni loyihaning reliz haqidagi sahifasidan olishingiz mumkin.

Свежие комментарии