Firefox Ginnesning rekordlar kitobida

Опубликовано Behzod Saidov 03.07.2008

Oldingi xabarlarda aytib o‘tilgan bir sutkada eng ko‘p yozib olingan dastur bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatish maqsadida o‘tkazilgan maxsus aksiya natijalari ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Firefox veb brauzeri 24 soat davomida 8,002,530 marta yozib olinganligi aniqlandi. Aksiya ishtirolchilariga Mozilla fondi o‘z minnatdorchligini bildirmoqda. Xususan, men ham bugun qoyidagi mazmunda xat oldim:

We did it!
We set a Guinness World Record for the most software downloads in 24 hours. With your help we reached 8,002,530 downloads.

You are now part of a World Record and the proud owner of the best version of Firefox yet!
Don’t forget to download your very own certificate for helping set a Guinness World Record.

Firefox 3 da about:robots

Опубликовано Behzod Saidov 23.06.2008

Siz Firefox 3 brauzerini ishlatisni boshladingizmi? Unda manzillar satrida about:robots deb yozing va taqdim qilinadigan sahifani o‘qing. Robotlar insonlarga murojaat qilishmoqda! :) Qoyil, nimalarni o‘ylab tomishmaydi bu dasturchilar…

Firefox 3.0 - Bir sutkada 8 milliondan ortiq yozib olindi

Опубликовано Behzod Saidov 19.06.2008

Oldingi xabarda aytib o‘tilganidek Mozilla bir sutkada eng ko‘p yozib olingan dastur bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatish maqsadida maxsus aksiya o‘tkazdi. Natijalar qoyil qolar darajada! Hali bunaqasi bo‘lmagan. Firefox veb brauzeri 24 soat davomida 8 milliondan ko‘p marta yozib olindi. Statsitika sahifasida hozigacha O‘zbekistondan 701 marta yozib olinganligini o‘qish mumkin. Maxsus komissiya ushbu natijalarni ko‘rib chiqqanidan so‘ng bu hodisa Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritiladi.

Firefox 3.0

Опубликовано Behzod Saidov 17.06.2008

Ajoyib! Mana nihoyat Firefox 3.0 veb brauzeri ham taqdim qilindi. Firefox 3.0 o‘zida ko‘pdan ko‘p yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • Operatsion tizim bilan integratsiya yanada yaxshilangan;
  • Xavfsizlik bo‘yicha yangi imkoniyatlar;
  • Veb brauzerning o‘zi bilan ishlashda, foydalanuvchi interfeysida yangi qulayliklar;
  • Xatcho‘plar tizimidagi takomillashuv;
  • Rendering va JavaScript kodlarni ishga tushirish tezligi oshgan;
  • Operativ xotiradan foydalnish takomillashtirilib 400 dan ortiq bu boradagi xatolar tuzatilgan;
  • Endi Ctrl va + tugmalari yordamida butun sahifani birdaniga, rasmlar bilan birgalikda kattalashtirish mumkin;
  • Yozib olinayotgan faylni vaqtincha to‘xtatib turish va keyin davom ettirish imkoniyati;

va boshqa ko‘pdan ko‘p yangi imkoniyatlar…

Yana shuni eslatib o‘tish lozimki, Mozilla bir sutkada eng ko‘p yozib olingan dastur bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatish maqsadida maxsus aksiya o‘tkazmoqda. Siz ham 18-iyun kuni soat 22:00 gacha Firefox 3.0 dasturini yozib oling va rekord o‘rnatishga yordamchi bo‘ling.

Eslatma:
Bugungi kunda turli mabalarda Firefox foydalanuvchilari 150 dan 250 million kishigacha deb baholanadi. Butun dunyoda ishlatiladigan brauzerlar ichida Firefoxning hissasi 18.41% yoki bashqa bir ma’lumotlarga ko‘ra esa 21% dir. Yevropada esa bu ko‘rsatkich 29% ni tashkil qiladi.


Copyright © 2007 Linux.zn.uz. All rights reserved.