GNOME ish stolining 2.24-versiyasi Ekiga 3.0 dasturi bilan taqdim qilindi

Опубликовано Behzod Saidov 25.09.2008

Ekiga 3.0

GNOME ish stolining 2.24-versiyasi taqdim qilindi. Asosiy yangiliklar quyidagilardan iborat:

  • Ilgari GnomeMeeting deb nomlangan  Ekiga 3.0 dasturi GNOME tarkibiga qo‘shilgan;
  • Empathy qisqa xabarlar uzatish dasturi GNOME bilan integratsiya qilingan. U Jabber/XMPP, Google Talk, MSN Messenger, Apple Bonjour/Rendezvous kabi protokollarni qo‘llab quvvatlaydi;
  • GNOME Control Center dasturiga ekran o‘lchamini o‘zgartirish va qo‘shimcha monitor ulashda yordamchi bo‘ladigan vosita qo‘shilgan;
  • Nautilus fayl menejeri endi tablarni qo‘llab quvvatlaydi.

O‘zgarishlar va yangiliklar haqida to‘liq ma’lumotlarni loyihaning reliz haqidagi sahifasidan olishingiz mumkin.

GNOME, baliqni qo‘yib yubor! :)

Опубликовано Behzod Saidov 06.07.2008

Gnome ish stolini ishlatasizmi? Unda qiziq bir yashirin imkoniyat bor. Tekshirib ko‘rishingiz mumkin:

Alt + F2 tugmalar birikmasini bosing va  taqdim qilingan dasturni ishga tushirish oynasida “free the fish” (O‘zbekchada: “baliqni qo‘yib yubor”) deb yozing:

Free the fish

So‘ng klaviaturadan “Enter” tugmasini yoki oynadagi “Run” tugmasini bosing. Natijada ish  stolingizda kichkina bir baliqcha suzib yuradi… Uning qanday ko‘rinishini  bu yerda ko‘rsatmayman. Sinab ko‘rsangiz o‘zingiz ko‘rasiz. :)

PS. Umuman bunday narsalar dasturlash olamida “Pasxa tuxumi” (”Easter egg”) deb nomlanadi. Bunaqa qiziqarli “ficha”larni blogda yozib borishga harakat qilman. :)


Copyright © 2007 Linux.zn.uz. All rights reserved.