KDE loyihasi KDE ish stolining 4.1.1 versiyasini taqdim qildi. Unga ko‘plab tuzatishlar va yangiliklar kiritilgan bo‘lib, asosiylari quyidagilar:

  • Ishlash samaradorligi ancha oshirilgan;
  • Konqueror veb brauzeridagi rendering jarayoni yaxshilangan;
  • Okular hujjatlarni ko‘rish dasturida PDF formatini qo‘llab quvvatlash borasidagi xatolar tuzatilgan;
  • Gwenview dasturida rasmlar eskizini ko‘rsatish jarayoni yaxshilangan va rasmlarni qidirish tizimi kuchaytirilgan;
  • KMail e-pochta klientida bir qancha yangilanishlar;

4.1.x ko‘rinishidagi yangilanishlar 2009-yil yanvar oyiga chiqishi rejalashtirilgan KDE 4.2.0 ga qadar har oyda taqdim qilib boriladi.